Sitomegalovirus CMV

BIOGEN MEDDA TAHLILI

SMV uchun PZR qon tahlili sitomegalovirus infeksiyasini aniqlash va uning davolash jarayonini kuzatish imkonini beradi. Ushbu tekshirish IgG qizilcha antijismlarini aniqlash uchun test bilan birga TORCH infeksiyasi guruhiga kiradi. Sitomegalovirus tahlilining arzon narxi tufayli har kim uni buyurtma qilishi mumkin.

SMV (CMV) nima?

Sitomegalovirus – bu gerpes viruslaridan biri. Infeksiyalangan insonlarda virus biologik suyuqliklarda uchraydi: so’lakda, qonda va boshqalarda. Shifokorlar aholining deyarli 90% SMV tashuvchisi ekanligini taxmin qilishdi.

Sitomegalovirus infeksiyasi bir nechta yuqish yo’llari tufayli tez tarqaladi. Insonlar to’g’ridan-to’g’ri yoki jinsiy aloqada, qon va yo’ldosh (plasenta) orqali yuqishi mumkin. Agar bemorning immuniteti yaxshi ishlasa, infeksiya alomatlarsiz o’tib ketadi. Virus hujayralar ichida yashirin shaklda qoladi. Ushbu shaklda uni aniqlash mumkin emas. Immunitet zaiflashganda, SMV faol bosqichga o’tib, jiddiy sog’liq bilan bog’liq muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun kasallikning dastlabki belgilarida sitomegalovirusga tahlil o’tkazish muhimdir.


Sitomegalovirus kim uchun xavfli?

Agar bo’lajak ona homiladorlikning dastlabki bosqichlarida SMV ni yuqtirib olgan bo’lsa, SMV homila rivojlanishini buzishi mumkin. Undan tashqari, infeksiya ko’pincha yashirin formada kichadi. Zamonaviy davolanishsiz SMV ko’pincha bachadon ichidagi homilaning tushishi yoki o’limiga sabab bo’ladi.

Virus ko’pincha, immunosupressorlarni qabul qilganida yoki organ transplantasiya qilinganidan keyin immuniteti zaiflashgan insonlarda, jiddiy patologiyaga olib keladi. Ular uchun SMV ga tahlilni o’z vaqtida o’tkazish juda muhimdir.


Homiladorlikda sitomegalovirus infeksiyasiga tekshirish

Homiladorlik paytida birlamchi infeksiya yoki uni qayta faollashishi homila uchun xavfli bo’lgan intrauterine (bachadon ichida) infeksiya xavfini oshiradi. Infeksiya belgilari onaning immunitetiga, virusning lokalizasiya va virulentligiga bog’liq. Tanadagi infeksiyani aniqlash va SMV ning o’tkir bosqichi xavfini baholash uchun quyidagi testlarni o’tkazish tavsiya etiladi: qonda anti-SMV-IgG va anti-SMV-IgM, PZR usuli bilan virusning DNK sini aniqlash.

SMV infeksiya bolaning rivojlanishi uchun xavfli deb hisoblanadigan TORCH infeksiyalariga (toksoplazmoz, gerpes va qizilcha) tegishli. TORCH infeksiyasiga laboratoriya tekshiruvini homiladorlikdan 2-3 oy oldin o’tkazish tavsiya etiladi. Ushbu test zarur terapevtik yoki profilaktik choralarni ko’rishga imkon beradi va homiladorlik paytida o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari bilan taqqoslash nuqtasi bo’ladi.


Tahlil tavsifi

Sitomegalovirus infeksiyasi odatda maxsus alomatlarga ega emas. Tashqi tomondan, u ORS (o’tkir respirator kasalliklar) sifatida namoyon bo’ladi va u bilan quyidagi belgilar paydo bo’ladi:

  • burun shamollashi;
  • zaiflik;
  • tomoq og’rig’i;
  • yuqori harorat;
  • mushaklardagi og’riq;
  • limfa tugunlarning kengayishi.

Ushbu alomatlar ko’plab boshqa kasalliklarda uchraganligi sababli, shifokorlar uchun PZR klinik diagnostikasini amalga oshirish qiyin. Shuning uchun ular sitomegalovirusga qon tahlilini o’tkazadilar.

SMV uchun PZR testi sitomegalovirusning DNK si mavjudligini aniqlaydi. Surtmada oz miqdorda DNK mavjud bo’lsa ham, test uni aniqlaydi. Shundan so’ng infeksiyani tashxislash mumkin. Endilikda PZR testi yuqumli agentlarni aniqlashning «oltin standarti» hisoblanadi. Yuqori darajadagi o’ziga xoslik tufayli ushbu tekshiruv noto’g’ri natijalar ko’rsatmaydi.

Sitomegalovirus tahlili patogenning DNK sini aniqlaganida, bu kasallik yoki asemptomatik tashuvchining mavjudligini ko’rsatadi.


Tahlil usuli

Hozirgi damda polimeraza zanjirli reaksiyasi. (PZR)


Adabiyot

  1. Ross, S., Ahmed, A., Palmer, A. et al. National Institute on Deafness and Other Communication Disorders CHIMES Study. Detection of congenital cytomegalovirus infection by real-time polymerase chain reaction analysis of saliva or urine specimens. J Infect Dis., 2014. — Vol. 210(9). — P. 1415-8.
  2. Gaytant, M., Steegers, E., Semmekrot, B. et al. Congenital cytomegalovirus infection: Review of the epidemiology and outcome. Obstet Gynecol Surv, 2002. — Vol. 57. — P. 245-256.
  3. Liu, Z., Zhang, P., Tang, S. et al. Urine real-time polymerase chain reaction detection for children virus pneumonia with acute human cytomegalovirus infection. BMC Infect Dis., 2014. — Vol. 14. — P. 245.
  4. Wang, L., Xu, X., Zhang, H. et al. Dried blood spots PCR assays to screen congenital cytomegalovirus infection: a meta-analysis. Virol J, 2015. — Vol. 12. — P. 60.

Qon namunasi och qoringa topshiriladi: ovqatdan keyin kamida 8 soat o’tgach. Tekshirishdan 2 soat oldin sharbat, qahva, choy va boshqa ichimliklarni ichmaslik kerak. Ozroq gazsiz suv ichish mumkin.

Qabul qilinadigan dorilar haqida shifokorga habar berish kerak. U tahlildan oldin qaysi dorilarni vaqtincha iste’mol qilmaslikni tushuntiradi. 5-7 kun tahlildan oldin fizioterapiya, rentgen, UTT va massajga bormaslik kerak.

Laboratoriyaga SMV ga PZR qon tahlilidan 15 daqiqa oldin kelish tavsiya etiladi. Agar bemor tekshiruvdan oldin hotirjam bir joyda o’tirsa, test natijasining xato chiqishi xavfi kamayadi.

Agar siz barcha tavsiyalarga rioya qilsangiz, qon testi aniqroq natijani ko’rsatadi.

Sitomegalovirus uchun qon tahlili har doim sitomegalovirus infeksiyasi shubha qilingan taqdirda buyuriladi.

Agar homiladorlik paytida onasi SMV bilan kasallangan bo’lsa, chaqaloqlar ushbu tekshiruvdan o’tishlari lozim. Bundan tashqari, sitomegalovirus testi bolalar uchun quyidagi kasalliklarda ko’rsatiladi:

  • sariq kasal bo’lganda;
  • jigar yoki taloqning kengayishi;
  • nevrologik kasalliklar;
  • anemiya;
  • mikrosefaliya.

Kattalarga quyidagi hollarda SMV tahlili tavsiya etiladi:

  • homiladorlikni rejalashtirishda;
  • homiladorlik paytida;
  • organ transplantatsiyasi, OIV infeksiyasidan keyin immunitet tanqisligida;
  • sitotoksik davolash paytida.

Agar sitomegalovirus normasi kamaygan bo’lsa, o’tkir infeksiya yo’q hisoblanadi. Virus tanada mavjud bo’lishi mumkin, ammo yashirin holatda.

Ijobiy natija yaqinda yuqtirib olingan infeksiyaning faol bosqichda ekanligini yoki yashirin infeksiyaning kuchayganligini ko’rsatadi.

Sitomegalovirus uchun tahlil natijasi davolovchi shifokor tomonidan talqin qilinishi kerak.

Tadqiqot
narxi:
155.000 сум
Umumiy
narx:
155.000 сум
3-5 ish kunlari
Ushbu tadqiqot bilan yana nima buyuriladi?
80.000 сум
3-5 ish kunlari
75.000 сум
Ekspert toifasidagi uskunalar
Yevropa xizmat ko’rsatish darajasi
Malakali shifokorlar
Hamyonbop narxlar
Qisqa muddat ichida
Xalqaro sifat