BIOGEN MED bilan muvaffaqiyatli martabaga erishing!
Ishonchli ish beruvchini tanlang

GEN MED – xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy tibbiy klinika. Bu ishda asosan mijozlarga evropa yondashuvi bilan ishlashiga katta e’tibor qaratiladi.
Klinika ISO 15189 standartiga mos keladi – bu tibbiy laboratoriyalarni akkreditatsiya qilishning xalqaro standartidir. U tibbiy laboratoriyalarning malakasiga va ularning xizmatlarini sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
Biz bu sohada uzoq vaqt davomida ishlashga niyat qillganmiz, shuning uchun har bir xodim bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatamiz. Har bir xodim jamoamizning bir qismiga aylanadi.
Bizning asosiy tamoyil
Jamoadagi har bir kishi, kim bo’lib ishlashidan qat’i nazar, muhim

Keyinchalik o’sish uchun bizga har kuni zavq bilan ishlaydigan insonlar kerak. Bu hurmat, standartlar va o’zingizni namoyon etish orqali namoyon bo’ladi.
Biz uchun nafaqat eng yaxshi mutaxassislarni topish, balki ular o’zini namoyon qilishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish, shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun shart-sharoitlar bilan ta’minlash muhimdir.
Biz xodimlarimizga katta e’tibor qaratib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlaymiz va ularga g‘amxo‘rlik qilamiz. Xavfsizlik, salomatlik va umumiy farovonlik – kompaniya va uning xodimlari o’rtasidagi uzoq muddatli munosabatlarning asoslaridan biridir.

Va yana….
Zamonaviy uskunalar
Qulay va xavfsiz ish joyi
Qiziqarli korporativ tadbirlar
Ko’p beriladigan savollar
Biz xodimlarning ish haqini shakllantirishga moslashuvchan tarzda yondashamiz: ish haqi sizning tajribangiz va kasbiy vakolatlaringizga bog’liq bo’ladi, korporativ parvarish esa sizga qulaylik yoki tibbiy yordam haqida qayg’urmaslik imkonini beradi.
- Biz sizning arizangizni qabul qilamiz.
- Telefon orqali suxbat o’tkazamiz.
- Yuzma-yuz uchrashuv jarayonida tafsilotlarni muhokama qilamiz.
- Amaliyotga taklif qilamiz.
- Ishga chiqasiz (amaliyot ko’pi bilan 11 kungacha bo’lishi mumkin).
- Rasmiy ishga joylashish (birinchi oy – sinov muddati).
Klinikaning ish jadvali har bir filialga qarab farq qiladi. Ko’pincha bu erkin dam olish kunlaridan tashkil topgan besh kunlik ish haftasi. Batafsil ish jadvali har bir vakansiya tavsifida ko’rsatilgan.